Kuryer boʻling. Oʻz vaqtingizda ishlang.
Smenani oʻzingiz tanlaysiz, buyurtmalar ilovada keladi. Ish haqi har bir yetkazish va bosib oʻtilgan masofa uchun hisoblanadi — amaldagi stavkalar ilovada.
Qanday boshlanadi
Ariza qoldiring
Ism va telefon raqamingizni yuboring yoki qoʻngʻiroq qiling.
Hubga keling
Ilovani oʻrnatib beramiz, SMS kod orqali kirasiz — parol kerak emas.
Tasdiqdan oʻting
Hujjatlarni ilovada suratga oling yoki asl nusxalarini hubda koʻrsating.
Smenaga chiqing
Tasdiqlangach, buyurtmalar ilovada paydo boʻladi.
Talablar
- 18 yoshdan katta boʻlish
- Amaldagi ID-karta yoki biometrik pasport
- Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish (soliq ilovasi orqali, bepul)
- Android smartfon va mobil internet
- Mototsikl yoki avtomobil uchun — haydovchilik guvohnomasi va texnik pasport
Ish qanday kechadi
- Smenani ilovada oʻzingiz boshlaysiz va tugatasiz
- Joylashuvingiz faqat smena davomida hisobga olinadi
- Buyurtma xaridorga uning kodi bilan topshiriladi
- Naqd toʻlovlar uchun limit bor; kun oxirida hisobot va hubda topshirish
- Daromad ilovadagi hamyonda koʻrinadi va bank kartangizga yechiladi
Ariza qoldiring
Qoʻngʻiroq qilib, hubga kelish vaqtini kelishamiz.
Yoki toʻgʻridan-toʻgʻri: +998 50 024 09 00hello@dnx.uz Hub manzili: Toshkent, Yunusobod tumani, Xalqobod 2-tor koʻchasi, 59Koʻp beriladigan savollar
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlish shartmi?
Ha. DNX bilan hamkorlik oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomida amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtish soliq ilovasi orqali bepul — hubda yordam beramiz.
Ish haqi qanday toʻlanadi?
Har bir yakunlangan yetkazish ilovadagi hamyonga yoziladi. Mablagʻni bank kartangizga yechib olasiz. Stavkalar ilovada koʻrsatiladi.
Shaxsiy maʼlumotlarim qayerda saqlanadi?
JSHSHIR va hujjat suratlari shifrlangan holda Oʻzbekistondagi serverlarda saqlanadi. Hujjat suratlari tekshiruv yakunlangach oʻchiriladi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.
Ilovani qayerdan olaman?
Ilova hubda oʻrnatib beriladi. Oldindan qoʻngʻiroq qiling yoki ariza qoldiring.