DNXDona kompaniyasi
Kuryer boʻlish
Doʻkonlar, sotuvchilar va kompaniyalar uchun

Yetkazib berishni bizga topshiring — siz sotishga eʼtibor bering.

Sotuvchidan olib ketamiz, hubda saralaymiz, xaridorga kod bilan topshiramiz va naqd toʻlovni hisob-kitob qilamiz. Toshkent boʻylab — oʻz kuryerlarimiz; viloyatlarga — hamkor tashuvchilar orqali.

Hamkorlik soʻrovi
Olib ketish

Kuryer buyurtmani doʻkon yoki omboringizdan oladi, har bir joy skaner bilan qayd etiladi.

Saralash hubi

Buyurtmalar hubda qabul qilinadi, saralanadi va marshrutlarga taqsimlanadi.

Kod bilan topshirish

Xaridor buyurtmani faqat oʻz kodi bilan oladi; topshirish vaqti va joyi qayd etiladi.

Naqd toʻlov

Kuryer naqd pulni qabul qiladi; mablagʻ hisobga olinib, kelishilgan muddatda sizga oʻtkaziladi.

Qaytarishlar

Qabul qilinmagan buyurtmalar hub orqali sizga qaytariladi, holati kuzatib boriladi.

Dona sotuvchilari

Dona platformasidagi doʻkonlar DNX bilan avtomatik ulangan — alohida shartnoma shart emas.

Tashuvchi kompaniyalar uchun

Viloyatlarga yetkazish uchun hamkor tashuvchilar bilan ishlaymiz. Agar sizda oʻz tarmogʻingiz boʻlsa — yuklarni topshirish dalolatnomasi va holatlarni almashish orqali ulanamiz.

Shartlar

Tariflar, hisob-kitob muddatlari va javobgarlik alohida shartnoma asosida belgilanadi. Hajmingizni ayting — taklifni tayyorlaymiz.

Hamkorlik soʻrovi

Bir ish kuni ichida javob beramiz.

partners@dnx.uz